7-may kuni, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Amity Universitetining xodimlariga faxriy yorliq topshirildi
Toshkent shahridagi Amity universiteti nomidan Toshkent shahridagi Amity universiteti direktorining birinchi o‘rinbosari – Dr. Naina Chaudhary, professor-oʻqituvchilar va xodimlar: Dr. Alisher Jalilov, Dr. Danish Ather, Dr. Rajneesh Kler, Dr Mohit Bhandwal va Shohista Rahmonberdiyevalarni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz. Tinmas sa'y-harakatlaringiz va IT sohasiga qo‘shayotgan hissangiz uchun minnatdorchilik bildiramiz
Ushbu eʼtirof universitetning Raqamli texnologiyalar sohasida mukammallikka intilishi va Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasini taʼkidlaydi. Bu Amity universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlarining mashaqqatli mehnati, fidoyiligi va innovatsion ruhidan dalolat beradi.
Biz Raqamli texnologiyalar vazirligiga ushbu sharaf uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz va texnologik innovatsiyalar va ilg'orlikni qo'llab-quvvatlashda davom etishni yana bir bor tasdiqlaymiz.

