5 May 2024 1

5-may kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida 3-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Xalqaro IMAS 2024 olimpiadasi tashkil etildi

 IMAS olimpiadasi Tayvanda 2011-yildan beri o‘tkazilib kelinadi. Ushbu test o‘quvchilarni nafaqat matematika bo‘yicha iqtidorlarini sinash, balki ulardagi matematik ufqlarni kengaytirish qobiliyatini tekshirishga jalb etishda rag‘batlantiruvchi omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu olimpiada II-bosqichdan iborat bo'lib, 1-bosqichga qatnashgan o'quvchilardan eng yugori ballni yig'gan 10% o' quvchilar, Il-bosqichga qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.
Tadbir ko‘tarinkilik va raqobat ruhida o‘tdi. Ishtirokchilar nafaqat matematik bilimlarini, balki murakkab masalalarni jamoa bo‘lib yechish qobiliyatini, ijodiy va mantiqiy fikrlash qobiliyatini ham namoyish etdilar.

Yakuniy bosqichda har bir kategorya bo‘yicha g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar Amity sovg‘alari, Tayvandan keltirilgan medallar va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

"Ushbu olimpiada iqtidorli yoshlarni tarbiyalash va rivojlantirishga intilishimizni ta'kidlaydigan muhim voqea. Barcha ishtirokchilar, tashkilotchilar va hamkorlarga ishtiroki va qo'llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz". - deydi Amity universiteti vakili.

Amity universiteti nafaqat intellektual bellashuvlar maskani, balki bunday muhim tadbirda ishtirokchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida bilim va tajriba almashish uchun maydon bo‘lishidan mamnundir.

Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering