29 Apr 2024 1

Amity talabalari diqqatiga
Toshkent shahridagi Amity universiteti sizni “Direktor bilan ochiq suhbat”ga taklif qiladi

 Hurmatli talabalar, o‘z savollaringiz, takliflaringiz, shikoyatlaringiz, g‘oyalaringiz va boshqa masalalaringiz bo‘yicha direktor bilan yuzma-yuz ochiq muloqot uchun kelishingiz mumkin.

“Direktor bilan ochiq suhbat” talabalar va universitet rahbariyati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot va o‘zaro ochiq munosabatlarni ta’minlash uchun mo‘ljallangan.

 Sana: 1-3-may.
 Vaqti: 11.00-16.00 (13.00-14.00 tushlik tanaffusi)
O‘tkazish joyi: 218-xona

Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering