16 Apr 2024 1

16-aprel kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida talabalar uchun sanoatning turli sohalaridagi yetakchi kompaniyalar va mutaxassislar bilan uchrashuv platformasini yaratish maqsadida tashkil etilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi 2024” bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir turli sohalar, jumladan, axborot texnologiyalari, muhandislik, moliya, kiberxavfsizlik, mehmonxona biznesi, menejment va boshqa ko‘plab sohalarni ifodalovchi 80 dan ortiq ishtirokchi kompaniyalarni birlashtirib, 600dan ortiq vakansiyalar taqdim etildi. Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi talabalarga turli sohalarda ish o‘rinlari, malaka oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumot olish, shuningdek, o‘z qiziqishlari bo‘yicha joriy tendensiyalar va istiqboldagi yo‘nalishlarni muhokama qilish imkonini berdi.

Tadbir davomida yetakchi soha vakillari tomonidan zamonaviy mehnat bozorida bitiruvchilar oldida turgan dolzarb muammolarga bag‘ishlangan savol-javoblar o‘tkazildi. Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi mehmonlari o‘z tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar, shuningdek, talabalarni kasbiy o‘sishga intilish va zamonaviy biznesda muvaffaqiyatli martaba uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirishga ilhomlantirdilar.

Bundan tashqari, Amity universiteti bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi doirasida barcha ishtirokchilar o‘rtasida lotereya o‘tkazdi. Natijada qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, smartfon, planshet va qo‘l soatlari o‘ynaldi.
Ushbu tashabbus tadbirga qo‘shimcha energiya va hayajon bag‘ishladi va barcha ishtirokchilar uchun ijobiy va unutilmas tajriba uchun sharoit yaratdi.

Amity universitetida o‘tkazilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” universitetning talabalarni rivojlantirish va zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash uchun qulay sharoitlar yaratishga qiziqishining yana bir isboti bo‘ldi. Tadbir nafaqat universitet va tadbirkorlik o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamladi, balki o‘sib kelayotgan yosh avlodni o‘z kasbiy faoliyatida yangi marralarni zabt etish uchun faol intilishga ruhlantirdi.

Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering