5 Apr 2024 1

5-aprel kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalari 9-aprel Amir Temur tavalludining 688-yilligi munosabati bilan Shon-sharaf muzeyiga sayohat qilishdi

Unda talabalarimiz 1941-1945-yillar fashizm ustidan qozonilgan g‘alabada o‘chmas hissa qo‘shgan otalarimizning frontdagi abadiy qahramonligi va frontorti mashaqqatlari bilan yaqindan tanishishdi.

Sayohat chog‘ida tizim o‘tmishi, shakllanish bosqichlari, muzeyda saqlanayotgan eksponatlarning ahamiyati haqida so‘zlab berildi. Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash xizmatining vujudga kelishi, turli yillarga taalluqli xizmat kiyimlari, qurollar va maxsus vositalar, mustaqillik yillari tizimda amalga oshirilgan o‘zgarishlar talabaarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Muzeylar tarix va madaniyat ombori sifatida xizmat qiladi. Faxriy muzeyga tashrif buyurgan talabalar O‘zbekistonning boy merosi, xizmat ko‘rsatgan arboblari tarixi bilan yaqindan tanishadilar. Bu tashrif Amity universiteti talabalarida o‘zbek o‘zligi va tarixidan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otdi.

Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering