3 Apr 2024 1

3 aprel kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalari Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdi

Universitetimiz talabalari ishtirokida Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboniga ijodiy sayohat tashkil etildi.  

O‘zbekiston Respblikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi taqsimotiga binoan Amity universiteti talabalari uchun xiyobondagi buyuk o‘zbek adiblari Said Axmad va Saida Zunnunovalar xotirasiga bag‘ishlab uchrashuv o‘tkazish belgilangan edi. 

Talabalar Said Axmad haykalida poyidagi davra suhbatida adiblarning tarixiy merosi, o‘lmas asarlari va ularning tarbiyaviy ahamiyati haqida qiziqarli va muhim ma’lumotlar bilan tanishdilar. 
Jumladan Said Axmadning "Ufq" trilogiyasi keng muhokama qilindi, viktorinalar o‘tkazildi.

Adiblar xiyoboniga tashrif ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lib, talabalarda O‘zbekiston badiiy merosini qadrlash tuyg‘usini shakllantirishga ham xizmat qildi. Talabalar o‘qish davomida duch kelgan adabiy asarlar bilan yaqindan tanishishdi.

Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering