29 Mar 2024 1

29-mart kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti vakillari Namangan viloyati yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi va Namangan muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Namangan viloyati litseylaridagi taqdimotlar interfaol sessiyalar tarzida tashkil etilgan bo‘lib, unda universitetning o‘quv dasturlari, sharoitlari, karyeraviy imkoniyatlari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi. Amity universiteti xodimlari o‘zlarining tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashib, talabalarni yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lishga va ta’lim sohasida professional o‘sishga intilishga undadilar.

Universitet tarixi haqida qisqacha ma’lumot, taklif etilayotgan yo'nalishlar va dasturlar tavsifi, zamonaviy o‘qitish usullari, tajribali professor-o‘qituvchilar, boshqa mamlakatlar bilan aloqalar va amaliyot o‘tash imkoniyatlari, kampus infratuzilmasi hamda stipendiya dasturlari akademik litsey o‘quvchilarining qiziqishiga qaratilgan.

Ushbu tashabbuslar nafaqat talabalarning ta'lim sohasidagi imkoniyatlar haqida xabardorligini oshirdi, balki Amity va Namangan viloyatidagi ta'lim muassasalari o'rtasidagi aloqalarni mustahkamladi. Hamda ushbu uchrashuvlar ta’lim rivojiga, turli sohalarda malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering