28 Mar 2024 1

28-mart kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti vakillari Farg'ona viloyati yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali akademik litseyi va Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Taqdimot ma’lumot berishga qaratilgan bo‘lib, savol-javoblar interfaol usulda o‘tkazildi va savol-javobda faol ishtirok etgan talabalar maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Universitet tarixi haqida qisqacha ma’lumot, taklif etilayotgan yo#nalishlar va dasturlar tavsifi, zamonaviy o‘qitish usullari, tajribali professor-o‘qituvchilar, boshqa mamlakatlar bilan aloqalar va amaliyot o‘tash imkoniyatlari, kampus infratuzilmasi hamda stipendiya dasturlari akademik litsey o‘quvchilarining qiziqishiga qaratilgan. 

Ushbu uchrashuvda litsey o‘quvchilari Toshkent shahridagi Amity universiteti va uning akademik takliflari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering