19 Mar 2024 1

19-mart kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti vakillari Toshkent viloyati yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

Toshkent viloyatining Bekobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Bekobod shahar ixtisoslashtitilgan maktabi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Taqdimotdan ko‘zlangan asosiy maqsad mavjud ta’lim dasturlari va kurslari, talabalarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar, qabul jarayoni va Toshkent shahridagi Amity universitetining afzalliklari haqida ma’lumot berish edi.

 

Taqdimot ma’lumot berishga qaratilgan bo‘lib, savol-javoblar faol tarzda o‘tkazildi va savol-javobda faol ishtirok etgan talabalar maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Akademik litsey o‘quvchilari universitetning tarixi haqida umumiy ma’lumot, taklif etilayotgan yo’nalish va dasturlar tavsifi, zamonaviy o‘qitish uslublari, tajribali professor-o‘qituvchilar tarkibi, xalqaro aloqalar va amaliyot o‘tash imkoniyatlari, zamonaviy kampus infratuzilmasi va talabalar shaharchasi va stipendiya dasturlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Ushbu uchrashuv litsey o‘quvchilariga Toshkent shahridagi Amity universitetining va uning ta’lim dasturlari haqida to‘liqroq ma’lumot olish imkonini berdi.

 

Kelgusida Toshkent shahridagi Amity universiteti tomonidan O‘zbekistonning boshqa viloyatlaridan litsey va maktab o‘quvchilari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering