18 Mar 2024 1

18-mart kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari boʻlib oʻtdi

 

Bahor yasharish va yangilanish fasli. Aynan shu faslda butun tabiat uyg‘onadi. Bu fasl boshqalaridan o‘zining fusunkor bayramlari bilan ham alohida ajralib turadi. Kun va tun tenglashadigan sana, Sharqona yangi yil maqomi bilan ham ulug‘lanib kelinadigan Navro‘z aynan ana shunday bayramdir.

 

Bugun universitetda “Navroʻz” umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish, hamda uni munosib kutib olish maqsadida universitet professor-oʻqituvchilari hamda xodimlari tomonidan universitet hududi va atrofidagi maydonlar tozalanib, oʻquv binolari  obodonlashtirildi.

Amity universiteti hududi, hovlilari atroflari, ariqlar va ko‘cha yo‘lakchalari tozalanib, ko‘chalarga suvlar sepildi. Bino atrofidagi daraxtlar oqlanib, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

 

Ushbu tadbir ishchi xodimlar orasida ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tayotganini alohida ta’kidlash joiz. Zero, hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi sifatida shakllangan mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering