29 Feb 2024 1

Toshkent shahridagi Amity universitetida “Qalqon” jamoatchilik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Amity universitetida 2023-yil noyabr oyida “Qalqon” jamoatchilik guruhi tashkil etilgandi, joriy yilning 29-fevralida 8 nafar talabalardan iborat mazkur guruhning yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

 Mazkur guruhning asosiy maqsadi – talaba-yoshlarning universitetga qarashli barcha hududlar va uning atrofida jamoat tartibini saqlash, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan axborot xurujlariga qarshi kurashish, ta’lim muassasasining ichki tartib qoidalari, “Odob-axloq kodeksi” talablariga rioya etilishiga ko‘maklashishdan iborat.

Guruh a’zolariga maxsus guvohnomalar mahalla profalaktika inspektori Timur Egamberdiyev ishtirokida topshirildi

Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering