28 Feb 2024 1

Toshkent shahridagi Amity universiteti Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Amity” texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish markazi (ACTSD) ochilganini e’lon qildi. Markaz Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Manish Prabhat ishtirokida ochildi.

Markaz maktab o‘quvchilariga sunʼiy intellekt va robototexnika kabi qiziqarli yo‘nalishlarda ixtiyoriy texnik taʼlim berishga bag‘ishlangan! Markaz tomonidan tashkil etiladigan malaka oshirish mashg‘ulotlari kasbiy ehtiyojlarga mos keladigan malakalarni oshirishga, shu orqali talabalarni sohaga tayyorlashga qaratilgan.

Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun sharoit yaratish zarurligini ta’kidladi va Amity vakillari bilan birgalikda ochilish marosimi sharafiga chiroq yoqishdi.

Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering