3 Apr 2024 1

Toshkent shahridagi Amity universiteti sizni 2024-yilgi Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga taklif qiladi!

Huawei, Skillbox, EPAM, Applied Labs, British Council, Alif Tech, Uzinfocom, TBC Bank, Unicon , UzAuto Motors, Click, Deloitte, PepsiCo, Makro, AKFA, UzTelecom, IT-Park, UZCARD va boshqa shu singari turli sohalarda keng ish imkoniyatlariga ega bo‘lgan yirik kompaniyalar bilan tanishish imkoniyatini qo‘lga kiriting.

Rekruterlar bilan shaxsan uchrashish, savollar berish va rezyumeni topshirish imkoniga ega bo‘lasiz.

Bundan tashqari, tadbir davomida qiziqarli o‘yin va lotereyalar o‘tkazilib, g‘oliblarga planshet  , smartfon va soat ko‘rinishidagi qimmatbaho sovg‘alar taqdim etiladi

Manzil: Toshkent shahridagi Amity Universitetida (Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi 70)
Kun: 16-Aprel
Soat: 14.00-17.00

Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering