Kutubxonalar – har bir universitetning asosiy ilm manbaidir.

Bugun yoshlar gadjetlarda elektron kitoblarni o‘qiyotgan bo‘lsa-da, biroq qog‘oz kitoblarni o‘qish chin ziyolilar tomonidan hech qachon urfdan tushmagan.

Buning zavqini ayniqsa, universitetingiz kutubxonasining komfort zallarida his etish yanada maroqli.

Universitet kutubxonasi jahon bestseller asarlari va mumtoz adabiyotimizning nodir namunalari bilan har bir talabani o‘ziga rom etadi. Shovqinli dunyoning sokin burchagi sifatida modern uslubda jihozlangan kutubxonamizda bir vaqtning o‘zida 200 nafar talaba bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, turli fanlar, jumladan, muhandislik, biznes, huquq va gumanitar fanlar bo‘yicha 10 000 dan ortiq kitoblar, jurnallar va boshqa manbalar to‘plami talabalar xizmatida.

Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering