O‘quv dasturi davomiyligi

3 yil

Semestrlar

6

Daraja

Bakalavriat

Bir semestr uchun to‘lov miqdori

16,500,000 so‘m

Mezonlar

  • JAMI 12 YILLIK O‘RTA TA’LIM
  • KIRISH IMTIHONI – Qobiliyat bo‘yicha
  • SUHBAT
  • IELTS 6 yoki undan yuqori (TOEFL 60-78, CEFR B2)
  • * Malakaviy imtihonning asosiy tili ingliz tili bo‘lsa, ozod qilinishi mumkin
O‘quv dasturi tuzilmasini yuklab olish uchun Bu yerga bosing

Turizm butun dunyo bo‘ylab iqtisodiy rivojlanishning muhim faktori sifatida belgilangan. Yaqin o‘tmishda O‘zbekiston Respublikasi turizm sohasida mamlakat iqtisodiyoti uchun ijobiy afzalliklardan foydalanish yo‘lida bir qancha islohotlarni amalga oshirdi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda muhim turizm markazi sifatida o‘sib bormoqda, hukumat ham sayyohlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda, bu esa karyerangizni davom ettirish uchun turizmni yanada yorqin sohaga aylantiradi.

Turizm boshqaruvi bo‘yicha bakalavr o‘quv dasturi mamlakatda turizm va sanoatning tobora ortib borayotgan ahamiyatini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Turizm sanoati va uning turdosh tarmoqlarining tobora o‘sib borishi turizm sohasidagi mutaxassislarga ushbu sohada xizmat ko‘rsatishga talab yaratmoqda. So‘nggi yillarda Turizm ta‘limi tizimi jadal rivojlanib, dunyodagi eng yiriklardan biriga aylandi. Sanoat madaniyat, meros, sport, sog‘liqni saqlash hamda boshqa dam olish va ishbilarmonlik turizmini ta’minlab kelmoqda. Kelgusi yillarda ushbu soha tez sur’atlarda o‘sishi kutilmoqda.

1) Talabalar sayohat mahsulotlari haqidagi bilimlarini oshiradi va xizmatlar darajasini loyihalashtira oladi;

2) Talabalar ma’lumotlarni aniq tasniflaydi va izohlaydi, mijozlar bilan ishlashda mos keluvchi munosabatda bo‘la oladi;

3) Talabalar sayohat bilan bog‘liq xizmatlarda qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun turli xil manbalarga kirishda mehmonxona texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantiradi va namoyish eta oladi;

4) Talabalar sayohat sohasi bilan bog‘liq muammolarni ajrata olishadi, samarali yechimlarni shakllantirish uchun tegishli muammolarni hal qilish metodologiyasini ko‘rib chiqishadi va qo‘llay olishadi;

5) Talabalar turizm, sayyohlik va shunga yaqin sohalarida tadqiqotlar o‘tkazish uchun muammolarni aniqlash qobiliyatlarini namoyish eta olishadi;

6) Talabalar sayyohlik sohasidagi guruh a’zosi yoki yetakchisi sifatida barcha savollarga javob bera olishadi hamda muammolarga dadillik va ijobiy yondashuv bilan yechim topa olishadi;

7) Talabalar sayohat va sayyohlik sohasi bilan bog‘liq turli xil madaniy masalalarga nisbatan sezgirligini namoyish eta olishadi;

8) Talabalar ichki va tashqi manfaatdor tomonlar bilan munosabatlarda sayohat va turizm sohasiga oid axloqiy va ijtimoiy amaliyotlarni, standart me’yorlarni ajrata olishadi;

9) Talabalar olingan bilim va ko‘nikmalarni ishga joylashish, oliy ma’lumot olish yoki o‘z korxonalarini tashkil etish uchun qo‘llay olishadi;

10) Talabalar uzluksiz ta’lim olish hamda dinamik turizm sohasidagi bilimlarini yangilashga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantira olishadi.

Bitiruvchilar sayyohlik kompaniyalarida marketing bo‘yicha mutaxassislar, gidlar va tajribali gidlar, mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejerlar, konsierjlar, tadbirlar koordinatorlar, mehmonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha menejerlar, Heritage tarjimonlari, bronlash masalalari bo‘yicha maslahatchilar, shuningdek mehmonxona biznesi va xizmat ko‘rsatish sohalarida karyera qilish imkoniyatlarini kashf etishlari mumkin.

Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering