Amity talabalari o‘z sohasining mohir ustozlari tomonidan o‘qitiluvchi ko‘plab an’anaviy va zamonaviy kurslardan birini tanlashlari mumkin. O‘z sohasining yetakchi mutaxassislari bo‘lgan mehmon ma’ruzachilar har bir kursni yanada takomillashtirishda davom etmoqdalar.

Har bir bitiruvchi Toshkent shahridagi Amity Universitetini tark etayotganida o‘z sohasi bo‘yicha boy bilim va amaliy tajribaga, shuningdek omadli karyerani boshlash uchun zarur bo‘lgan malakalarga ega bo‘ladi.

Qabul bo‘yicha maslahatchilarimiz hujjatlarni topshirish jarayonida sizga ko‘rsatma berish uchun ko‘mak berishga tayyor. Ular taklif qilinayotgan o‘quv dasturi to‘g‘risida juda yaxshi tasavvurga ega va kelajakdagi kasbingiz borasida to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishingiz uchun o‘qituvchilar bilan uchrashuvni tashkil etishlari mumkin.

Barcha jarayonlar tugallanganidan so‘ng, arizangiz va kirish uchun topshirgan imtihoningiz Qabul komissiyasi tomonidan baholanadi va muvaffaqiyatli nomzodlar uchun taklif xati yuboriladi.

Iltimos, taklif bo‘yicha xatingiz bilan batafsil tanishib chiqing, chunki u siz qabul qilingan o‘quv dasturi, uning boshlanish sanasi, u uchun to‘lov, to‘lov usullari, pulni qaytarish siyosati va boshqa muhim ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi.

Taklif xati ro‘yxatdan o‘tish va o‘quv to‘lovlarini amalga oshirishda qabul qilinishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish / Ariza qoldirish

Shaxsiy arizangiz profilini yaratish, ariza shaklini to‘ldirish va kerakli hujjatlarning skanerlangan versiyasini yuklash uchun Ariza qoldirish havolasi ustiga bosing.

Izoh: Toshkent shahridagi Amity universitetining qabul tizimidagi shaxsiy profilingiz abituriyent sifatida siz bilan Universitet o‘rtasida aloqa o‘rnatishning yagona usuli hisoblanadi. Sizning holatingizga oid barcha muhim ma’lumotlar va yangiliklar tizim tomonidan yuboriladi va saqlanadi. Shuning uchun, biz har qanday muhim yangiliklarni kuzatib borish maqsaqida kirish tizimidagi shaxsiy profilingizni muntazam ravishda tekshirib turishingizni qat’iy ravishda tavsiya etamiz.

Xalqaro boshlang‘ich ta’lim dasturi
  • Jami 11 yoki 12 yillik o‘rta ma’lumotni tasdiqlovchi hujjat (Attestat/Diplom/transkript)
  • Pasport nusxasi
  • 3х4 o‘lchamdagi fotosurat
  • IELTS sertifikati (ixtiyoriy)
Bakalavriat dasturlari (AKT yo‘nalishlari)

Texnologiya bakalavri (kompyuter fanlari va injiniringi)/Axborot texnologiyalari fanlari bakalavri

  • Jami 12 yillik o‘rta ma’lumotni tasdiqlovchi hujjat (Diplom/transkript)
  • Pasport nusxasi
  • 3х4 o‘lchamdagi fotosurat
  • IELTS 5.5 yoki undan yuqori (TOEFL 35-45, CEFR B1)
Bakalavriat dasturlari (Gumanitar yo‘nalishlar)

Iqtisodiyot bo‘yicha bakalavr/Turizm boshqaruvi bo‘yicha bakalavr/Biznes boshqaruvi bakalavri

  • Jami 12 yillik o‘rta ma’lumotni tasdiqlovchi hujjat (Diplom/transkript)
  • Pasport nusxasi
  • 3х4 o‘lchamdagi fotosurat
  • IELTS 6 yoki undan yuqori (TOEFL 60-78, CEFR B2)
Magistratura dasturlari

Axborot texnologiyalari fanlari magistri / HR/Marketing

  • Kompyuter fanlari / Axborot texnologiyalari / Elektronika / Telekommunikatsiya bo‘yicha bakalavr darajasi / Biznes boshqaruvi bo‘yicha bakalavr darajasi
  • Pasport nusxasi
  • 3х4 o‘lchamdagi fotosurat
  • IELTS 5.5 yoki undan yuqori (TOEFL 35-45, CEFR B1)
Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering