Yangiliklar

5-aprel kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalari 9-aprel Amir Temur tavalludining 688-yilligi munosabati bilan Shon-sharaf muzeyiga sayohat qilishdi

Unda talabalarimiz 1941-1945-yillar fashizm ustidan qozonilgan g‘alabada o‘chmas hissa qo‘shgan otalarimizning frontdagi abadiy qahramonligi va frontorti mashaqqatlari bilan yaqindan tanishishdi.

Batafsil

4-aprel kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida “SMM loyihasi noldan boslash” mavzusida ochiq suhbat bo‘lib o‘tdi

Sessiyani Foyda Marketing kompaniyasining raqamli marketing bo‘yicha mutaxassisi Aziz Abdumadjitov va asoschisi Akbarjon Botiraliyev va Ravshan Odilov – Sky agentligi asoschisi olib borishdi.

Batafsil

3 aprel kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalari Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdi

Universitetimiz talabalari ishtirokida Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboniga ijodiy sayohat tashkil etildi. O‘zbekiston Respblikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi taqsimotiga binoan Amity universiteti talabalari uchun xiyobondagi buyuk o‘zbek adiblari Said Axmad va Saida Zunnunovalar xotirasiga bag‘ishlab uchrashuv o‘tkazish belgilangan edi.

Batafsil

30-mart kuni, Toshkent shahridagi Amity universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi tashabbusi amalda ko’chatlar ekildi

Toshkent shahridagi Amity universiteti 30-mart kuni kampusni obodonlashtirish bo‘yicha tadbir o‘tkazib, "Yashil makon" milliy tashabbusida faol ishtirok etdi. Ushbu loyiha ekologik mas’uliyatni oshirish va O‘zbekiston landshaftlarini obodonlashtirishga qaratilgan.

Batafsil

29-mart kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti vakillari Namangan viloyati yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi va Namangan muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Batafsil

28-mart kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti vakillari Farg'ona viloyati yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali akademik litseyi va Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Taqdimot ma’lumot berishga qaratilgan bo‘lib, savol-javoblar interfaol usulda o‘tkazildi va savol-javobda faol ishtirok etgan talabalar maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Batafsil

27-mart kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida Navro‘z ayyomiga bag‘ishlangan, yangi yil boshlanishini anglatuvchi quvonchli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi!

Sharq yangi yilining boshlanishi, bahor va tabiat uyg'onishi ramzi bo'lgan Navro'z katta ishtiyoq va ko'tarinki ruh bilan o'tdi.

Batafsil

19-mart kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti vakillari Toshkent viloyati yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent viloyatining Bekobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Bekobod shahar ixtisoslashtitilgan maktabi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Taqdimotdan ko‘zlangan asosiy maqsad mavjud ta’lim dasturlari va kurslari, talabalarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar, qabul jarayoni va Toshkent shahridagi Amity universitetining afzalliklari haqida ma’lumot berish edi.

Batafsil

18-mart kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida Sohan Dutta - Korporativ strategiya va biznesni rivojlantirish bo‘yicha guruh menejeri, Bangalor, Hindiston bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

HCL ijrochi vitse-prezidenti (Sriram Xarixaran) Soxan Duttani O'zbekistonni "ofshorga autsorsing safari"ga o'rganish uchun yubordi. O'zbekistondagi imkoniyatlar va Epam muvaffaqiyatlari haqida ma'lumot berish uchun Sohan bilan bir necha bor qo'ng'iroqlar uyushtirildi. Ularning mamlakatning IT-iqtidori qiziqtiradi - ular uchun bu yangi ofis ochishda hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Batafsil

18-mart kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari boʻlib oʻtdi

Bahor yasharish va yangilanish fasli. Aynan shu faslda butun tabiat uyg‘onadi. Bu fasl boshqalaridan o‘zining fusunkor bayramlari bilan ham alohida ajralib turadi. Kun va tun tenglashadigan sana, Sharqona yangi yil maqomi bilan ham ulug‘lanib kelinadigan Navro‘z aynan ana shunday bayramdir.

Batafsil

Toshkent shahridagi Amity universitetining 5 nafar talabasi Huawei kompaniyasidan Xitoyga ta’lim safariga boradi

2024-yil 12-mart Raqamli texnologiyalar vazirligida "Seeds for the Future 2023” loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashuv va “Tech4Good” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, oliy o‘quv yurtlari rektorlari va professor-o‘qituvchilari, Huawei rahbariyati hamda O‘zbekistonning 7 nafar OTM talabalari ta’lim loyihasi yakunlarini sarhisob qildilar.

Batafsil
Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering