Axborot texnologiyalari fanlari magistri

O‘quv dasturi davomiyligi

2 yil

Semestrlar

4

Daraja

Magistratura

Mezonlar

> O‘RTA TA’LIM
> Kompyuter fanlari/Axborot texnologiyalari/Elektronika/Telekommunikatsiya bo‘yicha BAKALAVR DARAJASI
> KIRISH IMTIHONI FANLARI:
Matematika (60%)
Qobiliyat (40%)
> SUHBAT
> IELTS 5 yoki undan yuqori (TOEFL 35-45, CEFR B1)
*Malakaviy imtihonning asosiy tili ingliz tili bo‘lsa, ozod qilinishi mumkin

Bir semestr uchun to‘lov miqdori

23,825,000 so‘m

IT Sektori bugungi kunda dunyodagi bandlik ta’minotini yetkazib beruvchilardan biri bo‘lib, uning jadal o‘sishi kutilmoqda. Ushbu kurs talabalarga ishlab chiqish, dasturlash, tarmoqqa ulanish, kompyuter va mobil dasturiy ta’minotni yaratish, ilovalar yaratish va hokazolarni o‘rgatadi.
Axborot texnologiyalari fanlari magistri (M.Sc. (IT)) kursi asosiy malakalar, axborot texnologiyalari nazariyasi va amaliyotini oshirishga qaratilgan bo‘lib, kelajakdagi tadqiqotlar uchun yo‘l ochib beradi. O‘quv dasturi talabalarni IT sohasi hamda ilmiy tadqiqot dasturlariga moslashtirishga qaratilgan.
M.Sc. (IT) kursi interaktiv o‘quv jarayoni orqali global dasturiy ta’minot sanoati talab mos keluvchi muhim ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Ushbu kurs texnologik nou-xaularni oshirish, talabalarni sanoat mutaxassisi bo‘lishga tayyorlash, ilmiy asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish va dasturiy ta’minotni ishlab chiqishni rag‘batlantirish uchun mo‘ljallangan.

 

Axborot texnologiyalari fanlari magistri kursi talabalarga kompyuterlar va ularning tizimlari to‘g‘risidagi bilimlari va tushunchalarini oshirishga, ularni AT sohalaridagi yuqori lavozimlarga tayyorlashga imkon beradi.
Talabalar ma’ruzalar, topshiriqlar, amaliy mashg‘ulotlar va nazorat ostidagi ilmiy tadqiqotlar orqali intensiv mashg‘ulotlarga jalb etiladilar. Ushbu o‘quv dasturi kompyuter texnikasi, kiberxavfsizlik, taqsimlangan hisoblash, koinotga doir ma’lumotlar, inson bilan kompyuterning o‘zaro aloqasi yoki sun’iy intellekt bo‘yicha zamonaviy IT-ko‘nikmalari va tajribalarini oshirish istagida bo‘lgan talabalar uchun zo‘r tanlovdir.

O‘quv natijasi 1
Murakkab hisoblash muammolarini tahlil qilish va yechimlarni aniqlash uchun hisoblash tamoyillarini va boshqa tegishli fanlarni qo‘llash.
O‘quv natijasi 2
O‘quv dasturi doirasida belgilangan hisoblash talablariga javob beradigan hisoblash yechimini loyihalash, joriy qilish va baholash.
O‘quv natijasi 3
Turli xil professional sharoitlarda samarali muloqot qilish.
O‘quv natijasi 4
Kasbiy mas’uliyatni anglash hamda hisoblash amaliyotida qonuniy va axloqiy tamoyillarga asoslangan holda asosli qarorlar chiqarish.
O‘quv natijasi 5
O‘quv dasturiga mos keluvchi faoliyat bilan shug‘ullanadigan jamoaning a’zosi yoki yetakchisi sifatida samarali ishlash.
O‘quv natijasi 6
Foydalanuvchilarning ehtiyojlarini aniqlash, tahlil qilish va bularni hisoblash tizimlarini tanlash, yaratish, birlashtirish, baholash va boshqarish jarayonida hisobga olish.
O‘quv natijasi 7
Haqiqiy xulosalar berish uchun tadqiqotga asoslangan bilimlar va tadqiqot usullaridan foydalangan holda muammolarni tekshirishni amalga oshirish.

M.Sc. (IT) kursini yakunlagan nomzodlar ham xususiy, ham davlat sektori tashkilotlarida karyera qilish uchun ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Ushbu kurs doktorlik yoki doktorlikdan keyingi tadqiqotlarni davom ettirish uchun zamin yaratadi. Bu shuningdek, dasturchi, ilovalar ishlab chiqaruvchisi, texnik me’mor, ma’lumotlar bazasi ma’muri, o‘yin ishlab chiquvchisi, texnik tahlilchi, tizim tahlilchisi, IT maslahatchisi, tarmoq ma’muri, professor, veb-ilovalar ishlab chiquvchisi, QA sinovchisi, loyiha menejeri va boshqa kasblardan birini tanlagan holda karyera qilish imkoniyatlarini yaratadi.