To‘lov bo‘yicha narxlarimiz raqobatbardosh ekanligini kafolatlaymiz. Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalarga bizning muassasamizda tahsil olishlari uchun bir qator grantlarni taqdim etishdan baxtiyordir.
To‘lovlar birinchi yil uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular har yili 5%’ga oshib boradi.
Bir semestr uchun darajalar bo‘yicha to‘lovlar
O‘quv dasturi | Davomiyligi | Semestr uchun to‘lov |
---|---|---|
Xalqaro boshlang‘ich ta’lim | 1 yil (2 semestr) | 12,500,000 so‘m |
AT fanlari bakalavri/ Biznes boshqaruvi bakalavri/ San’at bakalavri (Iqtisodiyot)/ San’at bakalavri (Turizm boshqaruvi) | 3 yil (6 semestr) | 16,500,000 so‘m |
Texnologiya bakalavri (kompyuter fanlari va injiniringi) | 4 yil (8 semestr) | 18,000,000 so‘m |
AT fanlari magistri | 2 yil (4 semestr) | 23,825,000 so‘m |
To‘lovni qaytarish bo‘yicha siyosatimiz
To‘liq qaytarish
• Agar talaba talabalik vizasini olishda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa.
• Amity universiteti tomonidan talaba o‘quv dasturida ishtirok etish uchun noloyiq deb topilib, talabaga berilgan taklif qaytarib olinsa.
• Agar universitet o‘quv dasturini taqdim eta olmasa
• Amity universiteti tomonidan talaba o‘quv dasturida ishtirok etish uchun noloyiq deb topilib, talabaga berilgan taklif qaytarib olinsa.
• Agar universitet o‘quv dasturini taqdim eta olmasa
Qisman qaytarish
• Agar talaba semestr boshlanishidan oldin o‘qish istagidan voz kechsa, ro‘yxatdan o‘tish to‘lovidan tashqari oldindan to‘langan to‘lovlari qaytariladi.
• Agar talaba semestr boshlanganidan keyin, dastlabki 14 kun ichida o‘qish istagidan voz kechsa, talabaga tegishli semestr uchun to‘langan to‘lovning 50 foizi qaytarilishi mumkin.
• Agar talaba semestr boshlanganidan keyin, dastlabki 14 kun ichida o‘qish istagidan voz kechsa, talabaga tegishli semestr uchun to‘langan to‘lovning 50 foizi qaytarilishi mumkin.
To‘lov qaytarilmaydi
• Agar talaba biron bir boshlangan semestrning dastlabki 14 kunidan keyin o‘qish istagidan voz kechsa, talaba tegishli semestr uchun to‘langan to‘lov yoki ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini qaytarib olish huquqiga ega bo‘lmaydi.
• Intizomiy sabablarga ko‘ra yoki minimal standartlarga amal qilmaganlik yoki akademik o‘zlashtirish sababli universitetdan chetlatilgan yoki universitet safidan chiqarilgan talabalar o‘quv to‘lovlarini qaytarib olish huquqiga ega bo‘lmaydilar.