Toshkent shahridagi Amity universiteti, 10 ta jahon darajasidagi universitetlar, 25 ta maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, 150 ta eng yaxshi muassasalar va butun dunyo bo‘ylab 14 ta xalqaro kampuslarini o‘z ichiga oluvchi Amity Ta’lim Guruhi tarkibiga kiradi. Amity Ta’lim Guruhining 4500 dan ortiq kuchli o‘qituvchilari so‘nggi bir yilda eng ko‘p sonli amaliy tadqiqotlar ishlab chiqishdan tashqari, so‘nggi yillarda eng ko‘p patentlarni topshirish xususiyati bilan ajralib turadi.
A’lo darajadagi xodimlar – tashkilot muvaffaqiyatining asosidir. Bizning maqsadimiz eng yaxshi insonlarni birlashtirish va ular uchun, xodimlar va universitetning rivojlanishiga imkon beradigan ijobiy muhitni yaratishdir. Agar siz akademik maqomingizni kuchaytirish maqsadida jahon miqyosida taniqli professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchi olimlar qatoriga kirishni va bunda sizga ko‘mak berishga xizmat qiluvchi platformani izlayotgan bo‘lsangiz, marhamat, o‘z rezyumeingizni biriktirilgan pasport o‘lchamidagi fotosurat bilan birga careers@amity.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin. Saralab olingan nomzodlar bilan aloqaga chiqiladi, O‘zbekistonda yashaydigan va ish stajiga ega bo‘lganlarga ustunlik beriladi.