Toshkent shahridagi Amity universiteti kampusdagi xavfsizlik masalalariga katta e’tibor beradi. Universitet xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha sifatli xizmatlarni ko‘rsatishga yo‘naltirilgan, maxsus o‘qitilgan va ishiga sodiq bo‘lgan xavfsizlik xizmati xodimlarini jalb etib keladi. Xavfsizlik xodimlari butun yil davomida 24/7 rejimida ishlashadi.
Face-ID funksiyasi yordamida hududga kirish, undan chiqishni qayd etish tizimi talabalar uchun yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlaydi. Jamoat xavfsizligi bo‘limining faoliyati talabalar, xodimlar va Toshkent shahridagi Amity universitetiga tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini ta’minlash va umuman xavfsiz muhitni saqlashga qaratilgan.
Xavfsizlikni to‘g‘ri boshqarish, kampusning ichki qismi va uning atrofidagi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, videokuzatuv kameralari kampus binolari ichida ham, tashqarisida ham nazoratni olib borish uchun xizmat qiladi. Talabalar, xodimlar va tashrif buyuruvchilar shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rish va xavfsizlik bilan bog‘liq har qanday shubhali harakatlar to‘g‘risida zudlik bilan xabar berish orqali Toshkent shahridagi Amity universitetini qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etishga da’vat etilib kelinadi.
-
Campus Safety
-
Campus Safety
-
Campus Safety
-
Campus Safety