Texnologiya bakalavri (Kompyuter fanlari va injiniringi)

O‘quv dasturi davomiyligi
4 yil

Semestrlar
8

Daraja
Bakalavriat

Mezonlar
> JAMI 12 YILLIK O‘RTA TA’LIM
> KIRISH IMTIHONI FANLARI:
Matematika (60%)
Fizika (30%)
Kimyo (10%)
> SUHBAT
> IELTS 5 yoki undan yuqori (TOEFL 35-45, CEFR B1)
*Malakaviy imtihonning asosiy tili ingliz tili bo‘lsa, ozod qilinishi mumkin

Bir semestr uchun to‘lov miqdori
18,000,000 so‘m
Kompyuter fanlari bo‘yicha ish imkoniyatlari dunyo bo‘ylab 22 foizga ko‘payishi kutilmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistondagi IT-sanoatining yillik o‘sish sur’ati 14 foizni tashkil etgan holda 5,9 milliard AQSh dollaridan ziyod mahsulot sotilgan.
Keyingi bir necha yil ichida O‘zbekiston davlat xizmatlarining 90 foizini Internet tarmog‘iga o‘tkazish rejasini amalga oshirishda yiliga 1,6 milliondan 2,2 million AQSh dollarigacha mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda, bu esa uni kompyuter fanlari bo‘yicha karyerani boshlash uchun eng maqbul joyga aylantiradi.
Kompyuter muhandislari loyihalash, apparat va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, yig‘ish, ishlab chiqarish, tarmoqlarni qurish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarda ko‘plab imkoniyatlarga ega. IT’ga bog‘liq bo‘lmagan kompaniyalarga universitetlar, davlat idoralari va biznes tashkilotlari kiradi.
Toshkent shahridagi Amity universiteti taqdim etuvchi Texnologiya bakalavri (Kompyuter fanlari va injiniringi) kursi sohani ko‘plab tegishli mavzular bo‘yicha yuqori darajada chuqur bilim va tajribaga ega muhandislar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan. Yuqori texnologiyali laboratoriyadan foydalangan holda bizning talabalarimiz ilmiy-tadqiqot ishlarida va texnologik innovatsiyalar jarayonini tushunish ko‘nikmalarini rivojlantiradi, bu global IT-firmalar bilan muvaffaqiyatli karyera boshlash yoki yuqori ta’lim bosqichlarida o‘qishni davom ettirish uchun eshiklarni ochadi.
O‘quv natijasi 1
Talabalar kompyuter fanlari va muhandislik tushunchalaridan foydalangan holda muammolarni hal qilishda matematika, fan va muhandislik bilimlarini qo‘llashadi.
O‘quv natijasi 2
Talabalar matematika, tabiatshunoslik va muhandislik fanlarining dastlabki tamoyillaridan foydalangan holda ilmiy adabiyotlarni aniqlashtiradi, shakllantiradi va kompyuter fanlari hamda va muhandislik muammolari bo‘yicha asosli xulosalarga kelishadi.
O‘quv natijasi 3
Talabalar aholi salomatligi va xavfsizligi, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy va atrof-muhit ehtiyojlarini hisobga olgan holda kompyuter fanlari va muhandislik muammolari uchun yechimlar hamda tizim ehtiyojlarini qondiruvchi tarkibiy qismlar yoki jarayonlarni yaratadilar.
O‘quv natijasi 4
Talabalar muammolarni tekshirish, shu jumladan tajribalarni loyihalash, ma’lumotlarni tahlil qilish va izohlash hamda ishonchli xulosalar berish uchun ma’lumotlarni sintez qilishda tadqiqotlarga asoslangan bilimlar va tadqiqot usullaridan foydalanadi.
O‘quv natijasi 5
Talabalar cheklovlarni tushungan holda sanoat tendensiyalari bo‘yicha hisoblash texnikasi uchun zarur bo‘lgan tegishli usullar, manbalar va zamonaviy muhandislik hamda IT-vositalarini yaratadi, tanlaydi va qo‘llaydi.
O‘quv natijasi 6
Talabalar ijtimoiy, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik, huquqiy va madaniy muammolarni va kasbiy muhandislik amaliyotiga taalluqli majburiyatlarni baholash uchun kontekstli bilimlardan foydalangan holda fikr yuritadilar.
O‘quv natijasi 7
Talabalar professional muhandislik yechimlarining siyosiy, iqtisodiy, global, ijtimoiy va atrof-muhit sharoitidagi ta’sirini anglashadi va barqaror rivojlanish uchun zarur bo‘lsa, bilimlarini namoyish etishadi.
O‘quv natijasi 8
Talabalar axloqiy tamoyillar va kasbiy axloq qoidalarini, shuningdek muhandislik amaliyotining mas’uliyati va normalarini amalda qo‘llaydilar.
O‘quv natijasi 9
Talabalar yakka tartibda, shuningdek ko‘p tarmoqli sharoitlarda umumiy maqsadni amalga oshirish uchun yig‘ilgan jamoaning a’zosi yoki rahbari sifatida samaradorlikni namoyish etadilar.
O‘quv natijasi 10
Talabalar texnik va texnik bo‘lmagan auditoriyalarga murojaat qilish uchun samarali muloqotdan foydalanadilar.
O‘quv natijasi 11
Talabalar muhandislik va menejment tamoyillari haqidagi bilim va tushunchalarni namoyish etadilar va ularni o‘z ishlarida, jamoaning a’zosi va yetakchisi sifatida, shuningdek ko‘p tarmoqli muhitdagi loyihalarni boshqarish uchun qo‘llaydilar.
O‘quv natijasi 12
Talabalar texnologik o‘zgarishlarning eng yirik kontekstida va zamonaviy muammolarda mustaqil uzluksiz ta’limning zarurligini anglaydilar va bunda butun umrlari davomida ishtirok etadilar.
Kompyuter fanlari – bu tizimlarga, tarmoqlarga, shuningdek kompyuterlar va dasturlar bilan bog‘liq murakkab masalalarga “sho‘ng‘ish”ni anglatadi. Ushbu kurs yakunida talabalar to‘plangan boy bilim va tajribalarini turli sohalarda qo‘llashlari mumkin bo‘ladi.
Bitiruvchilar matematik, ilmiy, muhandislik asoslari hamda kompyuter fanlari va muhandislik bo‘yicha umumiy bilimlarini murakkab muhandislik muammolarini hal qilishda qo‘llashlari mumkin.