Maqsad, Missiya, Qadriyatlar va madaniyat

Maqsad
Umumiy, integratsiyalangan va transmadaniyatli sifatli ta’limni taqdim etish orqali millat va jamiyatni barpo etish, qadriyat ta’limi va zamonaviylik urf-odatlar bilan uyg‘unlashgan iste’dodlarni tarbiyalash bo‘yicha jahon miqyosida yetakchi bo‘lish.

Missiya
Zamonamizning barcha fanlari bo‘yicha va barcha darajalarda, ham futuristik ham yangi rivojlanayotgan bilim sohalari bo‘yicha o‘rganish va tadqiqotlar yo‘nalishlarida talabalarga ta’lim berish va ularni nafaqat mukammal mutaxassislar, balki insoniy qadriyatlarni tushunadigan va hurmat qiladigan, o‘z merosi va madaniyati bilan faxrlanadigan, yaxshi va yomonni his qiladigan, mukammallikni orzu qiladigan va ishonch va harakat jasorati fazilatlarini o‘zlashtiradigan yaxshi insonlar qilib yetishtirishni ta’minlashdir.

Qadriyatlar va madaniyat
• Ijtimoiy javobgarlik
• Halollik
• Innovatsiyalar
• Tadqiqotga yo‘naltirilganlik
• Sanoatning dolzarbligi
Toshkent shahridagi Amity universiteti
Toshkent shahridagi Amity universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-sonli Farmoni bilan tashkil etilgan va o‘quv yili 2019 yildan boshlangan.
Toshkent shahridagi Amity universiteti boshlang‘ich, bakalavriat va magistratura bosqichlarida oliy ta’limning turli yo‘nalishlarda, jumladan axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, menejment va turizm bo‘yicha kasbga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarinig taklif etadi.
Toshkent shahridagi Amity universiteti maqtovga loyiq izlanishlar va innovatsiyalar bilan jahon miqyosidagi ta’limni O‘zbekistonning strategik qarashlariga moslashtirishga intiladi.
Amity’ning yuqori darajadagi amaliy va sohaga yo‘naltirilgan o’quv dasturlari mintaqaning iste’dodlarga bo‘lgan talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va bu o‘z navbatida talabalar uchun katta imkoniyatlar dunyosini ochib beradi. Ta’lim dargohining sanoat sohasidagi ta’limga yo‘naltirilganligi, uni sanoat bilan yaqin hamkorlikda o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga undaydi.
Amity’ning yana bir o‘ziga xos xususiyati – bu dunyo miqyosida sinovdan o‘tgan va eng zamonaviy talablarga javob beruvchi vositalar va infratuzilmadan foydalangan holda zamonaviy yuqori texnologik o‘quv muhitini yaratishga intilishidir.
Toshkent shahridagi Amity Universitetida ayni paytda 750 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Bitiruvchilar Amity Universiteti (Hindiston Respublikasi)ning namunaviy diplomi bilan taqdirlanadi, u O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi.