Kirish
Yigirma yil oldin tashkil etilgan Amity bugungi kunda 60 xil fan bo‘yicha 300 dan ortiq o‘quv dasturlarni o‘z ichiga olgan boshlang‘ichdan tortib PhD darajasiga qadar 175000 dan ziyod eng zo‘r talabalar uchun uy hisoblanadi.
Bugungi kunda Guruh tarkibiga Hindistondan tashqari London, Singapur, Dubay, Nyu-York, Sietl, San-Fransisko, Mavrikiy, Xitoy, Abu-Dabi, Amsterdam, Toshkent, Janubiy Afrika va Ruminiya bo‘ylab 10 ta universitet, 25 ta maktab va 16 ta xalqaro kampuslar kiradi.
Amity Ta’lim Guruhining yetakchi ta’lim dargohi – Amity universiteti QS va THE (dunyodagi yetakchi universitetlar reyting tashkilotlari) tomonidan global miqyosda eng yaxshi 3% universitetlar qatoriga kirgan.
Amity shuningdek, AQShning WASC Senior college va Universitet Komissiyasi tomonidan AQShning mintaqaviy akkreditatsiyasiga sazovor bo‘lgan Osiyodagi yagona universitetga aylanib, dunyo miqyosida akkreditatsiyalarning oltin standarti hisoblanib, Hindistonda yangi akademik mukammallik standartini o‘rnatdi.
Amity’ning global e’tiroflari, uning xilma-xil tashabbuslari hamda yangilik va izlanishlarga sodiqligining aksidir. Mukofotga sazovor bo‘lgan olimlar va eng yaxshi tadqiqotchilarni o‘z ichiga olgan Amity fakulteti so‘nggi to‘rt yil ichida 1000 dan ortiq patentlarni taqdim etdi – bu har qanday shaxsiy Hindiston universiteti yoki instituti tomonidan berilgan eng yuqori patentlar miqdoridir.
So‘nggi bir necha yillar ichida fakultet tomonidan ishlab chiqilgan 2400 dan ortiq amaliy tadqiqotlari, 62 mamlakat bo‘ylab, Garvard, Yel, Kolumbiya, AT Kerney va KPMG kabi 500 dan ortiq mashhur ta’lim dargohlari tomonidan xarid qilingan.
Amity shuningdek, asosiy sohalarda novatorlik tadqiqotlarini o‘tkaza oluvchi kuchli tadqiqotchilarga 2000 dan ortiq stipendiyalarni taqdim etgan.
Talabalarning har tomonlama rivojlanishini yanada kuchaytirish uchun Amity sanoat bilan hamkorlikda ishlashga katta ahamiyat beradi. Darhaqiqat, Amity talabalarning 1500 dan ortiq korporativ rahbarlardan tashqari 50 dan ortiq global gurular va Nobel mukofoti laureatlari bilan o‘zaro aloqalarini ta’minlashda ko‘mak bergan.
Amity’ning talabalar uchun ish bilan ta’minlash va sanoatga yo‘naltirilgan amaliy ta’limga bo‘lgan yondashuvi, so’nggi yillarda 36000 dan ortiq kampuslarni joylashtirilishiga olib keldi. Bugungi kunda Amity bitiruvchilari hamjamiyati 100 mingdan ortiq bo‘lib, ular yetakchi tashkilotlarda o‘z karyeralarini qurish bilan band yoki yetakchi jahon universitetlari tomonidan keyingi o‘qish uchun tanlab olingan.
