TOSHKENT SHAHRIDAGI AMITY UNIVERSITETI
O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent shahrining yashil hududidada joylashgan, boy ta’lim tajribasiga ega Toshkent shahridagi Amity universiteti tadqiqot, yaxlit rivojlanish, xalqaro korporativ tajriba va akademik mukammallikka asoslangan.
Toshkent shahridagi Amity universiteti, boshlang‘ich, bakalavriat va magistratura bosqichlarda oliy ta’limning turli yo‘nalishlarida, jumladan axborot texnologiyalari, menejment, iqtisodiyot va turizm bo‘yicha kasbga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini taklif etadi.
Toshkent shahridagi Amity universiteti maqtovga loyiq izlanishlar bilan jahon miqyosidagi ta’limni O‘zbekistonning strategik qarashlariga moslashtirishga intiladi. Ta’lim dargohi Amity Group’ning tadqiqotlarga yo‘naltirilganligidan kelib chiqib, Hindistonda eng ko‘p miqdordagi patentlarni olish xususiyati bilan ajralib turadi.
Amity’ning yuqori darajadagi amaliy va sohaga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari mintaqaning iste’dodlarga bo‘lgan talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va bu o‘z navbatida talabalar uchun katta imkoniyatlar dunyosini ochib beradi. Ta’lim dargohining sanoat sohasidagi ta’limga yo‘naltirilganligi, uni sanoat bilan yaqin hamkorlikda o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga undaydi.
Amity shuningdek, Hindistondagi eng yirik grantlar dasturiga ega, unga ko‘ra 25000 dan ortiq stipendiyalar ajratilgan. Amity Tashkent’dagi munosiblik grantlari ana shunday talabalarning iste’dodlarini rag‘batlantirish va shu bilan kelajak avlodning ildizlarini mustahkamlash uchun boshlangan.
Amity’ning yana bir o‘ziga xos xususiyati – bu dunyo miqyosida sinovdan o‘tgan va eng zamonaviy talablarga javob beruvchi vositalar va infratuzilmadan foydalangan holda zamonaviy yuqori texnologik o‘quv muhitini yaratishga intilishidir.

Boshlang‘ich
Default Description
Bakalavriat
Default Description
Magistratura
Default Description